#Yangiliklar

#Yangiliklar
⚡️Özbekiston kino sanoatida yangi tizim joriy etiladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev kinoijodkorlar bilan uçraşuvda milliy kino sanoatini isloh qiliş böyiça qator muhim özgarişlarni e’lon qildi:
✔️Kinematografiya agentligi tugatiladi. Uning vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkazilib, vazirlik tarkibida Kino san’ati departamenti taşkil etiladi;
✔️“Özbekfilm” davlat muassasasi tugatiladi. Uning örnida yangi “Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi taşkil etiladi;
✔️Film işlab çiqariş töliq xususiy sektorga ötadi. Yangi kinokompaniya filmlarni suratga olmaydi, balki loyihalarni tanlaş, moliyalaştiriş, tarğib qiliş va xalqaro bozorlarga olib çiqiş bilan şuğullanadi;
✔️Kinolarni moliyalaştirişda davlat buyurtmasi bekor qilinadi. Uning örniga ijodkorlarni subsidiya asosida qöllab-quvvatlaş tizimi joriy etiladi;
✔️10 gektar maydonda “Özbekfilm kino şaharçasi” barpo etiladi. Unda zamonaviy dublyaj va ovozlaştiriş markazi ham böladi. Quriliş 2027-yil mart oyida boşlanadi;
✔️ “Kinoşunoslar klubi” taşkil etiladi. Professional kinotanqidçilik rivojlantiriladi va xalqaro hamkorlik kengaytiriladi;
✔️Kino sohasidagi ikkita uyuşma birlaştiriladi. Ularning negizida Özbekiston kino sohasi vakillari palatasi taşkil etiladi;
✔️ Kino yaratişda sun’iy intellektdan foydalaniş kengaytiriladi. Bir oy içida maxsus hamkorlik dasturi işlab çiqiladi;
✔️Quyi Çirçiqdagi “Köhinur” sihatgohi kinoijodkorlarga beriladi. Har yili kamida 300 nafar soha xodimiga bepul sanatoriy yöllanmasi ajratiladi;
✔️“Özbekfilm” yagona milliy kino brendiga aylantiriladi. Çilonzor köçasining bir qismiga “Özbekfilm” nomini beriş, kino muzeyi, kinosaroy va Milliy kinofondni şu nom ostida birlaştiriş taklif etildi.
✔️Prezidentimiz uçraşuv yakunida uşbu özgarişlarni nazarda tutuvçi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube | Mediabank


⚡️“Özbekfilm”ning taşkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi
⚡️“Özbekfilm”ning taşkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi “Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi film işlab çiqarmaydi. Filmlarni yaratiş töliq xususiy sektorga
Читать далее →
⚡️Kinematografiya agentligi tugatiladi va "Özbekfilm" kinokompaniyaga aylanadi
⚡️Kinematografiya agentligi tugatiladi va "Özbekfilm" kinokompaniyaga aylanadi Sohada ixçam va zamonaviy boşqaruvni yölga qöyiladi. Kinematografiya
Читать далее →
Prezidentimiz kinolarni moliyalashtirishda davlat buyurtmasi amaliyotidan subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘tilishini ma’lum qildi.
Prezidentimiz kinolarni moliyalashtirishda davlat buyurtmasi amaliyotidan subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘tilishini ma’lum qildi. – Bundan buyon
Читать далее →
⚡️ “Özbekfilm kino şaharçasi” taşkil etiladi
⚡️ “Özbekfilm kino şaharçasi” taşkil etiladi “Kino şaharçasi”da zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Dublyaj va ovozlaştiriş markazi quriladi. Telegram |
Читать далее →
“O‘zbekfilm”ning tashkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi.
“O‘zbekfilm”ning tashkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi. Davlat muassasasi tugatilib, zamonaviy biznes modeli asosida ishlaydigan yangi “O‘zbekfilm” milliy
Читать далее →