O‘quvchilarga musiqa zavqini ulashayotgan saboqlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–112-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi tomonidan lektoriy konsertlar tashkil etildi.
Joriy yilning 12-May kuni Xorazm viloyati Bog’ot tumanidagi 1-Sonli Umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyat bo'linmasi tomonidan o'tkazilgan lektoriy konsert dasturi o‘quvchilar uchun chinakam ma’naviy saboq bo‘ldi.
✅Tadbir davomida xonanda va sozandalar yoshlarga milliy cholg‘u asboblarining kelib chiqishi, ularning ijro usullari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, jonli ijroda kuy va qo‘shiqlar yangradi, bu esa o‘quvchilarda milliy musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqish va mehrni yanada kuchaytirdi.
🇺🇿O'zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyat bo‘linmasi matbuot xizmati.👇
✅ Bizni kuzatib boring.
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook 📹 YouTube

O‘quvchilarga musiqa zavqini ulashayotgan saboqlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Читать далее →