Filarmoniyaxz.Uz » Axbarot xizmati » Yangiliklar » Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

✅Bugun, 17-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili Hasan Salihov hamda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xorazm viloyatidagi qator madaniyat va san’at muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
 
✅O‘rganishlar davomida viloyatda madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda istiqboldagi loyihalar ko‘rib chiqildi.
 
✅Xususan, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi faoliyati bilan tanishilib, muassasaning ijodiy salohiyati, moddiy-texnik bazasi hamda san’atkorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
 
✅Shuningdek, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali uchun barpo etilayotgan yangi binoda olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘rib chiqildi. Mazkur loyiha yoshlarning xoreografiya san’atini chuqur o‘rganishi va kelgusida professional ijodkorlar sifatida shakllanishi uchun muhim imkoniyat yaratishi ta’kidlandi.
 
✅Urganch ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatida olib borilayotgan ta’mirlash jarayonlari ham o‘rganilib, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
 
✅Shuningdek, yangi ta’mirdan chiqarilgan Urganch shahridagi 23-son Madaniyat markazi faoliyati bilan tanishilib, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish, ijodiy jamoalar faoliyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
 
✅So‘ng Lazgi muzeyi faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Muzeyda Xorazmning betakror raqs san’ati — Lazgining ko‘p asrlik tarixi, o‘ziga xos an’analari va boy madaniy merosi keng namoyish etilgan. Mazkur maskan Lazgi san’atini asrab-avaylash, uni keng targ‘ib etish hamda kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
✅Kun yakunida madaniyat va san’at sohasidagi loyihalarni yanada rivojlantirish, muassasalar faoliyatini takomillashtirish hamda ijodkorlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

🇺🇿O'zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyat bo‘linmasi matbuot xizmati.
👇

✅ Bizni kuzatib boring.

✅ Telegram ✅ Instagram

✅ Facebook 📹 YouTube 

🌐Web Sayt
TelegramBot Axbarot xizmati / Yangiliklar 3 0
Похожие материалы
Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
17.08.2026

Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. ✅Bugun, 17-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha

Читать далее →

📍Joriy yilning 7-Avgust kuni qadimiy va betakror Xiva shahrida “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi nihoyasiga yetdi.
08.08.2026

📍Joriy yilning 7-Avgust kuni qadimiy va betakror Xiva shahrida “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi nihoyasiga yetdi.

📍Joriy yilning 7-Avgust kuni qadimiy va betakror Xiva shahrida “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi nihoyasiga yetdi. ✅

Читать далее →
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
05.06.2026

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Navbatdagi yoshlar uchrashuvi munosabati bilan O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyat bo‘linmasi direktori Atabek Yusupov yoshlar bilan ijodiy uchrashuv

Читать далее →
⚡️ Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi
17.08.2026

⚡️ Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi

⚡️ Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi 👉 Batafsil: Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank

Читать далее →
Комментарии
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив