🇺🇿 DO‘PPI ESKI EMAS.
O‘zbek qiyofasini eski do‘ppi, yirtiq chopon, sarg‘aygan libos bilan ko‘rsatayotgan kontent egalari haqida gapirmoqchiman.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek obrazini namoyish qilayotgan ayrim kontent mualliflari milliy libosni ataylab eski, yirtiq, sarg‘aygan, dazmollanmagan yoki hayotdan uzilgan ko‘rinishda tasvirlayotganini ko‘ryapmiz.
Go‘yoki o‘zbeklik — chang bosgan chopon, eski do‘ppi va qashshoq hovli fonidan iboratdek.
Yo‘q.
O‘zbekning kechagi qiyofasi boshqa edi.
Bugungi qiyofasi esa boshqa.
Bizning milliy kiyimimiz — muzey eksponati emas. U tirik madaniyat.
O‘zbek atlasini zamonaviy libosda ham ko‘rish mumkin.
Do‘ppini kostyum bilan ham kiyish mumkin.
Choponni zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirish mumkin.
Milliy naqshni zamonaviy moda tilida dunyoga ko‘rsatish mumkin.
Buning uchun milliyligimizdan uyalish ham, uni eskilik bilan tenglashtirish ham shart emas.
Aksincha, biz o‘zligimizni zamonaviylik bilan birga namoyish qila olishimiz kerak.
Chunki bugungi o‘zbek — faqat kechagi xotira emas.
Bugungi o‘zbek — universitetda o‘qiyapti.
Startap qilyapti.
Dunyoga chiqyapti.
Ilm bilan shug‘ullanyapti.
Yangi texnologiyalar yaratyapti.
Dizayn qilyapti.
San’at yaratyapti.
Dunyoning eng katta shaharlarida o‘z mamlakatining nomini olib yuribdi.
Nega uning milliy qiyofasi ham shunday zamonaviy bo‘lmasligi kerak?
Men milliy libosni yomon ko‘rsatgan odamni yomon demoqchi emasman.
Lekin bir savol bor:
Biz o‘zimizni dunyoga qanday ko‘rsatmoqdamiz?
Chunki chetdagi odam O‘zbekistonni ko‘pincha biz yaratgan tasvirlar orqali taniydi.
Agar biz har safar o‘zbek obrazini eskilik, qarovsizlik va qashshoqlik bilan ko‘rsatsak, ertaga boshqalar ham bizni shunday tasavvur qilishi mumkin.
Bu — shunchaki kiyim masalasi emas.
Bu — millatning o‘zini qanday ko‘rishi va boshqalarga qanday ko‘rsatishi masalasi.
Milliylik — eskilik emas.
Milliylik — o‘zligingni yo‘qotmasdan zamonaviy bo‘la olish.
Shuning uchun do‘ppini kiyganimizda faqat boshimizni emas, millat oldidagi mas’uliyatimizni ham to‘g‘rilab olaylik.
Do‘ppi qiyshayib qolsa, to‘g‘rilash oson.
Ammo millatning qiyofasi qiyshayib ketsa, uni to‘g‘irlash biroz mushkul bo‘ladi.
Bu jarayonlarda daxldor ekaningizni unutmang!
O‘sarov Sirojiddin Baxriddinovich
Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari – vazirning axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt|YouTube|Mediabank

Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega.
Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘zida qolishi “tekshirsa – qo‘rqadi, qo‘rqsa
Читать далее →
– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti,
– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahbari. Besh yilda korxonalarning asosiy
Читать далее →
Beshinchi yo‘nalish – biznesga maʼmuriy bosimni keskin kamaytirish.
Beshinchi yo‘nalish – biznesga maʼmuriy bosimni keskin kamaytirish. So‘nggi uch yilda soliq yuki 13,4 foizdan 12 foizga, o‘n yilda yashirin iqtisodiyot ulushi 50
Читать далее →
– Bugun dunyoda bozor uchun kurash kun sayin kuchayib boryapti.
– Bugun dunyoda bozor uchun kurash kun sayin kuchayib boryapti. Bunday vaziyatda xorijga chiqqan tadbirkor hech qachon o‘zini yolg‘iz his qilmasligi kerak, – dedi
Читать далее →
Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. ✅Bugun, 17-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha
Читать далее →