Filarmoniyaxz.Uz » Axbarot xizmati » Yangiliklar » Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari

Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari

✅“Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari: ilmiy-amaliy izlanishlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy seminar Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar milliy san’at va madaniyatimizning boy merosini ilmiy jihatdan o‘rganish, uni asrab-avaylash hamda xalqaro miqyosda targ‘ib etishga bag‘ishlandi.


Seminarda yurtimizning taniqli san’at arboblari, professor-o‘qituvchilar, olimlar hamda ijodkorlar ishtirok etib, o‘zlarining ilmiy va ijodiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Tadbir davomida milliy raqs, musiqa va sahna san’atining tarixiy ildizlari, bugungi taraqqiyot bosqichi hamda kelajak istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

✅Jumladan, O’zbekiston xalq artisti, Professor Gavhar Matyaqubova tomonidan “Avestogohlari va lazgi raqs turkumining hamohangligi” mavzusida mazmunli ma’ruza taqdim etildi. Ma’ruzada qadimiy Avesto ohanglari bilan lazgi raqsining uyg‘unligi, ularning xalq ma’naviyati va milliy madaniyatdagi o‘rni chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, milliy raqs san’atining tarixiy ildizlari, musiqiy ohanglar bilan uyg‘unligi hamda bugungi kunda yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida muhim ilmiy fikrlar bildirildi.

✅Shuningdek, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Dilnoza Artikova tomonidan “Lazgi va muhabbat qalb raqsi” baletining estetik hamda etnografik xususiyatlariga bag‘ishlangan ma’ruza tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ma’ruzada lazgi san’atining inson qalbi, his-tuyg‘ulari va milliy qadriyatlarni ifodalashdagi o‘rni, uning sahna talqini hamda balet san’atidagi badiiy yechimlari haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ayniqsa, lazgi raqsining o‘ziga xos harakatlari, sahna madaniyati va etnografik jihatlari keng yoritildi.

✅Mazkur xalqaro ilmiy seminar davomida milliy san’atimizni asrab-avaylash, uni zamonaviy talqinda rivojlantirish, xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish hamda yosh avlodga yetkazish borasida muhim ilmiy va ijodiy fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, milliy madaniyat va san’atimiz rivoji yo‘lida yangi ilmiy-amaliy hamkorliklarga zamin yaratdi.

🇺🇿O'zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyat bo‘linmasi matbuot xizmati.👇

Bizni kuzatib boring.

TelegramInstagram

Facebook 📹 YouTube

jahongir Axbarot xizmati / Yangiliklar 4 0
Похожие материалы
O‘quvchilarga musiqa zavqini ulashayotgan saboqlar!
05.05.2026

O‘quvchilarga musiqa zavqini ulashayotgan saboqlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

Читать далее →
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi
13.05.2026

“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyat bo'linmasi direktori Atabek Yusupov navbatdagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Читать далее →
O‘quvchilarga musiqa zavqini ulashayotgan saboqlar!
13.05.2026

O‘quvchilarga musiqa zavqini ulashayotgan saboqlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

Читать далее →
Комментарии
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив