#Xushxabar

#Xushxabar
⚡️ Vazir Ozodbek Nazarbekov “Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga munosib ko‘rildi
Turkiya Respublikasining “Tiyatro Gazetesi” nashri tarixiy teatr maskanlari bilan ajralib turadigan Antaliyaning madaniyat va san’at sohasidagi nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shish va teatr san’ati fidoyilari faoliyatini xalqaro darajada e’tirof etish maqsadida o‘tgan yildan boshlab Xalqaro O‘rta yer dengizi teatr mukofotlari taqdirlash marosimini yo‘lga qo‘ygan edi.
Mazkur xalqaro tadbirda O‘rta yer dengizi mintaqasi va xorijiy davlatlardan tanlab olingan nomzodlarga mukofotlar tantanali ravishda topshiriladi. Quvonarli jihati shundaki, Tashkiliy qo‘mita qarori bilan bu yil O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha xalqaro mukofotga munosib ko‘rildi. Bu haqdagi xabar “Tiyatro Gazetesi”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilindi.
Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda teatr san’atiga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va sohani qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlar, xususan, xorijdan rejissyorlarning taklif etilayotgani, mamlakatning xalqaro festivallardagi faol ishtiroki katta qiziqish bilan kuzatib borilmoqda va bu jarayonlar e’tirofga loyiq.
O‘zbekiston Rahbariyatining, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ijodiy faoliyatga berayotgan bunday ulkan ahamiyati hamda ko‘rsatayotgan ko‘magi teatr san’ati rivojida, uning ommalashishida juda muhim.
Shularni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni xalqaro mukofot bilan taqdirlashga qaror qilindi.
Tantanali taqdirlash marosimi 2026-yil 26-sentyabr kuni Antaliyada bo‘lib o‘tadi. Tadbir tafsilotlari haqida qo‘shimcha xabar beramiz.
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt|YouTube|Mediabank

⭐️ Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov: Madaniyat bunyod bo'lgandan buyon bu kabi keskin qarorlar qabul qilinmagan.
⭐️ Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov: Madaniyat bunyod bo'lgandan buyon bu kabi keskin qarorlar qabul qilinmagan... Vazir o‘tgan vaqt mobaynida madaniyat va
Читать далее →
⚡️ Rasmiy munosabat
⚡️ Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda xalqimizning sevimli so‘z ustasi Shukurillo Isroilov Madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabarlar
Читать далее →
📍Joriy yilning 7-Avgust kuni qadimiy va betakror Xiva shahrida “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi nihoyasiga yetdi.
📍Joriy yilning 7-Avgust kuni qadimiy va betakror Xiva shahrida “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi nihoyasiga yetdi. ✅
Читать далее →
Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini ta’kidladi.
Prezidentimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari
Читать далее →
Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. ✅Bugun, 17-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha
Читать далее →