Filarmoniyaxz.Uz » Axbarot xizmati » Yangiliklar » 🇺🇿 Ona tilimiz – millatimiz qalbi va iftixori!

🇺🇿 Ona tilimiz – millatimiz qalbi va iftixori!

image

🇺🇿 Ona tilimiz – millatimiz qalbi va iftixori!

Aziz yurtdoşlar! Qadrli madaniyat va san’at ahli!
Barçangizni 21-oktyabr – Özbek tili bayrami kuni bilan çin qalbimdan tabriklayman!

Bu yilgi bayramimiz özgaça tarixiy voqea bilan yodda qolmoqda. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunning imzolanişi ona tilimiz taraqqiyoti yölida muhim qadam böldi.

Yozuvimizdagi uşbu yangilaniş tilimizning raqamli makondagi imkoniyatlarini kengaytiriş, yoş avlodning savodxonligini yuksaltiriş va yozma nutqimizni yanada qulaylaştirişga xizmat qilişiga işonaman.

Biz – madaniyat va san’at vakillari uçun ona tilining qadri özgaça.

Çunki şe’riyatimizning jozibasi, qöşiqlarimizning sehri, teatrimizning ta’sir kuçi, kino va adabiyotimizning ma’naviy boyligi, eng avvalo, ona tilimiz orqali namoyon böladi.

Buyuk Navoiydan bugungi ijodkorlargacha davom etayotgan adabiy merosimiz bizga bir haqiqatni eslatadi: tilni seviş – uni asraş, gözal sözlaş va kelajak avlodlarga boyitib yetkaziş demakdir.

İstagim, har bir san’at asarimizda ona tilimizning nafisligi, har bir ijodkorimizning nutqida uning sofligi, har bir farzandimiz qalbida esa unga bölgan mehr va iftixor yaqqol sezilib tursin.

Ona tilimiz doimo barhayot bölsin, millatimiz bilan birga yuksalsin!

Bayramingiz muborak bölsin, aziz yurtdoşlar!
 
Hurmat bilan,
Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov

✅ Telegram ✅ Instagram
TelegramBot Axbarot xizmati / Yangiliklar 2 0
Похожие материалы
🇺🇿 Aziz vatandoshlar!
22.10.2026

🇺🇿 Aziz vatandoshlar!

🇺🇿 Aziz vatandoshlar! Qadrli madaniyat va san’at ahli! Barchangizni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklayman!...

Читать далее →
🇺🇿 Polapondan uchar qushga aylandik…
31.08.2026

🇺🇿 Polapondan uchar qushga aylandik…

🇺🇿 Polapondan uchar qushga aylandik… Bir zamonlar qanotimizni sinagan shamollar bugun bizni yuksaklarga chorlamoqda. Kecha armon bo‘lgan orzularimiz esa bugun

Читать далее →
#Mustaqillik35 #Uzb35 #BayramTabrigi
31.08.2026

#Mustaqillik35 #Uzb35 #BayramTabrigi

#Mustaqillik35 #Uzb35 #BayramTabrigi 🇺🇿MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! ✨ Aziz yurtdoshlar, qadrli vatandoshlar! ✅Sizlarni xalqimiz uchun g‘oyat

Читать далее →
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.
29.08.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda. Davlatimiz rahbari

Читать далее →
Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi.
29.08.2026

Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi.

Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilandi. AT, sun’iy intellekt va

Читать далее →
Комментарии
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив