Filarmoniyaxz.Uz » Axbarot xizmati » Yangiliklar » 🇺🇿 Aziz vatandoshlar!

🇺🇿 Aziz vatandoshlar!

image

🇺🇿 Aziz vatandoshlar! Qadrli madaniyat va san’at ahli!
 
Barchangizni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklayman!

Ona tili – millatning ma’naviy qiyofasi, tarixiy xotirasi va tafakkurini o‘zida mujassam etgan bebaho boylikdir. U xalqning qalbini, orzu-umidlarini, quvonch-u iztiroblarini avloddan avlodga yetkazib turuvchi muqaddas rishtaning o‘zidir.
Ayniqsa, biz – madaniyat va san’at vakillari uchun tilning qadri va mas’uliyati o‘zgacha.

Zero, adabiyot so‘z bilan yashaydi, teatr so‘z bilan ta’sir qiladi, kino so‘z orqali hayot haqiqatlarini ochadi, qo‘shiq esa so‘zga ohang va qalb bag‘ishlaydi.

Alisher Navoiy hazratlari so‘z qudrati bilan ona tilimizni yuksak adabiyot tili darajasiga ko‘targan bo‘lsalar, asrlar davomida shoir-u adiblarimiz, baxshilarimiz, hofizlarimiz va san’atkorlarimiz uning go‘zalligini xalqimiz qalbida asrab kelmoqda. Bugun ham o‘zbek tilining jozibasi xalq qo‘shiqlarimizda, maqomlarimiz, dostonlarimiz, sahna asarlarimiz va zamonaviy ijod namunalarida yangramoqda.

Bir haqiqatni unutmasligimiz kerak: ona tilini asrash faqat uni sevish haqida gapirish emas, balki unda to‘g‘ri, ravon, go‘zal va mas’uliyat bilan so‘zlashdir. Shu ma’noda, har bir ijodkorning qalamidan chiqqan so‘z, sahnadan aytilgan har bir jumla, kuyga solingan har bir misra ona tilimizga bo‘lgan munosabatimizni namoyon etadi.

Bizning vazifamiz – tilimizning boy imkoniyatlarini san’at asarlarida yanada teran ochish, uning sofligi va nafosatini asrash, eng muhimi, yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat va iftixor tuyg‘usini mustahkamlashdir. Chunki tilni asrash – milliy o‘zlikni asrash, uning imkoniyatlarini kengaytirish esa millat ma’naviyatining kelajagiga xizmat qilish demakdir.

Aziz yurtdoshlar!

Ona tilimiz hamisha xalqimizni birlashtiruvchi, milliy madaniyatimizni yuksaltiruvchi va dunyoga tanituvchi ma’naviy qudrat bo‘lib qolsin! Barchangizni yana bir bor O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Ona tilimiz hamisha qalbimizda, ijodimizda va hayotimizda ardoq topsin!

Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri                                
Ozodbek Nazarbekov

✅ Telegram ✅ Instagram
TelegramBot Axbarot xizmati / Yangiliklar 2 0
Похожие материалы
🇺🇿 DO‘PPI ESKI EMAS.
20.08.2026

🇺🇿 DO‘PPI ESKI EMAS.

🇺🇿 DO‘PPI ESKI EMAS. BIZNING TASAVVURIMIZ ESKIRGAN O‘zbek qiyofasini eski do‘ppi, yirtiq chopon, sarg‘aygan libos bilan ko‘rsatayotgan kontent egalari haqida

Читать далее →
🇺🇿 Polapondan uchar qushga aylandik…
31.08.2026

🇺🇿 Polapondan uchar qushga aylandik…

🇺🇿 Polapondan uchar qushga aylandik… Bir zamonlar qanotimizni sinagan shamollar bugun bizni yuksaklarga chorlamoqda. Kecha armon bo‘lgan orzularimiz esa bugun

Читать далее →
#Mustaqillik35 #Uzb35 #BayramTabrigi
31.08.2026

#Mustaqillik35 #Uzb35 #BayramTabrigi

#Mustaqillik35 #Uzb35 #BayramTabrigi 🇺🇿MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! ✨ Aziz yurtdoshlar, qadrli vatandoshlar! ✅Sizlarni xalqimiz uchun g‘oyat

Читать далее →
🇺🇿 Ona tilimiz – millatimiz qalbi va iftixori!
22.10.2026

🇺🇿 Ona tilimiz – millatimiz qalbi va iftixori!

🇺🇿 Ona tilimiz – millatimiz qalbi va iftixori! Aziz yurtdoşlar! Qadrli madaniyat va san’at ahli!...

Читать далее →
✏️Ona tili — millat ruhi
25.08.2026

✏️Ona tili — millat ruhi

✏️Ona tili — millat ruhi Boshqa tillarni bilish — yutuq. Ammo bu o‘z ona tilimizni unutish degani emas. Til — millatning tarixi, madaniyati va o‘zligi. O‘zbekcha

Читать далее →
Комментарии
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив