Filarmoniyaxz.Uz » Axbarot xizmati » Yangiliklar » SOHADAGI ISHLAR NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI!

SOHADAGI ISHLAR NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI!

image

SOHADAGI ISHLAR NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI!

❤️‍🔥Bugun Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasida “Sohada 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi hamda ikkinchi yarim yillikda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

😎Yig‘ilishda madaniyat boshqarmasi markaziy apparati, tizimdagi tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

😄Kun tartibidagi masalalar yuzasidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida sohada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi. Ayrim tashkilot va muassasalarda ishlarni tizimli tashkil etish, topshiriqlar ijrosini ta’minlash, madaniy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish, axborot-targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish borasidagi kamchiliklar alohida e’tirof etildi.

😄Shuningdek, faoliyatida asosiy kamchilik va sustkashliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga tegishli ogohlantirishlar berilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

😄Yig‘ilishda yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ham batafsil ko‘rib chiqildi.

😄Xususan, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ijodiy jamoalar faoliyatini yanada rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish hamda ijro intizomini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

😄Yakunida tizim rahbarlariga belgilangan topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish va ikkinchi yarim yillikda yuqori natijadorlikka erishish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting.
✅Telegram | 🌐Instagram | 📹Youtube | ✅Facebookimage
image
image
image
image
image
image
image
TelegramBot Axbarot xizmati / Yangiliklar 2 0
Похожие материалы
Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
17.08.2026

Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. ✅Bugun, 17-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha

Читать далее →

⚡️ Rasmiy munosabat
21.08.2026

⚡️ Rasmiy munosabat

⚡️ Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda xalqimizning sevimli so‘z ustasi Shukurillo Isroilov Madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabarlar

Читать далее →
Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega.
18.08.2026

Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega.

Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘zida qolishi “tekshirsa – qo‘rqadi, qo‘rqsa

Читать далее →
Комментарии
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив